126
Qozog‘iston hukumati «Tolibon»ni mamlakatda taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan olib tashladi
Foto: AFP
Qozog‘iston hukumati Afg‘onistonning «Tolibon» harakatini mamlakatda taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarib tashladi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Oybek Smadiyarov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan terrorchi deb tan olingan tashkilotlar ro‘yxatida «Tolibon» harakatining yo‘qligi bilan izohlanadi.
«Qozog‘iston taqiqlangan terroristik tashkilotlarning milliy ro‘yxatini yangilash maqsadida muntazam ravishda audit o‘tkazadi. Ushbu jarayon doirasida BMT amaliyotiga ko‘ra, «Tolibon»ni undan chiqarib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shunday qilib, BMT Xavfsizlik Kengashining majburiy bo‘lgan rezolyutsiyalariga ko‘ra, «Tolibon» harakati BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan terrorchi deb tan olingan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilmagan», deb tushuntirdi TIV vakili.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Qozog‘iston va «Tolibon» o‘rtasidagi siyosiy aloqalar masalasida Ostona Xavfsizlik Kengashi va BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan qaror va rezolyutsiyalarga qat’iy amal qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, BMT Xavfsizlik Kengashi «Tolibon»ni 2003 yilda terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan. Shuningdek, 1999 yildan beri ushbu harakat vakillariga nisbatan sanksiyalar qo‘llaydi. BMT tomonidan «Tolibon»ni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarilgani yoki sanksiyalar olib tashlangani haqida xabar berilmagan.
2005 yilda «Tolibon» Qozog‘iston Oliy sudi tomonidan terrorchi tashkilot deb tan olingan edi.
2021 yil avgust oyida AQSH harbiylari Afg‘onistonni tark etgach, «Tolibon» mamlakatda hokimiyatni qo‘lga oldi va shundan beri dunyo tomonidan tan olinishiga urinib kelmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSh Venesuela prezidenti Maduro haqidagi ma'lumot uchun 25 million dollar mukofot tayinladi
Nima uchun Los-Anjeles yonmoqda?
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi