20:00 / 31.12.2023
66

1001 turdagi pishloq solingan pitssa Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

1001 turdagi pishloq solingan pitssa Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
Foto: Google Images
Fransiyada 1001 turdagi pishloq solingan pitssa tayyorlandi. Bu pitssa Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.
 
Pitssa ikki mahalliy oshpaz tomonidan pishirilgan. Ulardan biri Benua Bryuyel avvalroq bitta pitssadagi turli xil pishloqlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatgan edi – 2020 yilda u 254 turdagi pishloq qo‘shilgan pitssa tayyorlagan.
 
"O‘z biznesimni boshlaganimdan beri eng katta va eng ko‘p turdagi pishloqlardan pitssa tayyorlash asosiy orzum edi", - dedi oshpaz.
 
Avvalroq dunyodagi eng katta pitssa Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan edi. Uning hajmi 4264,15 kvadrat metrni tashkil etdi. Pitssani tayyorlash uchun deyarli 6,2 tonna xamir, 2,25 tonna shirin sous, to‘rt tonnaga yaqin pishloq va 630,5 ming dona pepperoni kolbasa kerak bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo