22:00 / 01.01.2024
688

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainada yangi turdagi qurollar qo‘llanilayotganini ma’lum qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainada yangi turdagi qurollar qo‘llanilayotganini ma’lum qildi

Foto: Topcor.ru

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaga qarshi urushda yangi “Malva” va “Floks” artilleriya qurollaridan foydalanayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” yozmoqda.

"Maxsus harbiy operatsiya davomida "Drok" minomyotlari, “Malva” va “Floks” o‘ziyurar artilleriya qurollari allaqachon eksperimental jangovar operatsiyadan o‘tmoqda, qurollarning yuqori taktik va texnik xususiyatlari amalda tasdiqlanmoqda”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Xabar qilinishicha, “Malva” — bu BAZ rusumli avtomashina shassisidagi 152 millimetrli o‘ziyurar artilleriya quroli, “Floks” esa "Ural" yuk mashinasiga o‘rnatilgan 120 millimetrli o‘ziyurar g‘ildirakli artilleriya qurolidir.

2021 yilda "Uralvagonzavod" Mudofaa vazirligiga "Drok" mobil minomyotlarining eksperimental partiyasini topshirishni rejalashtirayotganini e’lon qilgandi.

Mudofaa vazirligi, shuningdek, rus qo‘shinlariga modernizatsiya qilingan Msta-S o‘ziyurar qurollari yetkazib berilayotgani haqida xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Msta-S 152 mm modernizatsiya qilingan zirhli o‘ziyurar artilleriya qurilmasi bo‘lib, u ochiq va himoyalangan nishonlarni urish uchun mo‘ljallangan, turli xil snaryadlar bilan o‘q uzish qobiliyatiga ega, nishonga oltitagacha o‘q uzish imkonini beradi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo