Janubiy Koreya muxolifati yetakchisi ommaviy tadbir vaqtida pichoqlandi (video)

1 daqiqa o'qish388
Janubiy Koreya muxolifati yetakchisi ommaviy tadbir vaqtida pichoqlandi (video)

Foto: Yonhap

Janubiy Koreyaning asosiy muxolifatdagi “Toburo” demokratik partiyasi raisi Li Chje Myon 2 yanvar, seshanba kuni ommaviy tadbir vaqtida pichoqlandi.

Pusandagi yangi aeroport qurilishida jurnalistlar bilan suhbatlashayotgan siyosatchining yoniga dastxat olish uchun kelgan taxminan 50-60 yoshlardagi noma’lum erkak to‘satdan uning bo‘yniga pichoq urgan.

Yonhap agentligi xabariga ko‘ra, hujumchi voqea joyida qo‘lga olindi.

Hodisa vaqtida olingan suratlarda Janubiy Koreya muxolifati yetakchisi atrofida olomon to‘planib, ko‘zlari yumilgan holda yerda yotgani, uning bo‘yniga ro‘molcha bosishayotgan aks etgan. Mahalliy OAV xabar berishicha, Li qon ketayotgan bo‘lsa-da, hushini yo‘qotmagan. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgandan so‘ng, u kasalxonaga yetkazilgan.

Janubiy Koreya muxolifati yetakchisi ommaviy tadbir vaqtida pichoqlandi (video)

Foto: Yonhap

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol tezkor tergov o‘tkazishni buyurdi va Lini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi, deyiladi prezident idorasi bayonotida.

Sonnam shahrining sobiq meri Li Chje Myon “Toburo” demokratik partiyasini 2022 yilning o‘rtalaridan beri boshqarib keladi. U 2022 yil mart oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida Yun Sok Yolga yutqazgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?