07:00 / 03.01.2024
116

Isroil Livandagi HAMAS ofisiga zarba berdi

Isroil Livandagi HAMAS ofisiga zarba berdi
Foto: AP
Isroilning uchuvchisiz samolyoti Livan poytaxti Bayrut shahridagi HAMAS ofisiga zarba berdi. Bu haqda Livan davlat axborot agentligiga tayanib Haaretz xabar berdi.
 
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, HAMAS yetakchilaridan biri, tashkilot siyosiy byurosi raisi o‘rinbosari Solih al-Aruriy o‘ldirilgan.
 
Uning o‘limi haqidagi ma’lumotni Isroilning BMTdagi doimiy vakili Denni Denon tasdiqladi.
 
«Men SAHAL, SHABAK, Mossad va xavfsizlik kuchlarini HAMAS harakati yuqori martabali rasmiysi Solih al-Aruriyning Bayrutda o‘ldirilgani bilan tabriklayman. 7 oktyabrdagi qirg‘inida ishtirok etgan har bir kishi bilishi kerakki, biz ular bilan hisob-kitob qilamiz», deb yozdi Denon ijtimoiy tarmoqda.
 
Livanning Al-Mayadeen telekanali ham al-Aruriy o‘limini tasdiqladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, zarba oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo