Foto: “Hizbulloh” jangchilari / WTWO
HAMAS rahbari o‘rinbosari Solih al-Aruriyning Bayrutda o‘ldirilishi ortidan Livan hukumati ehtimoliy qarshi hujumning oldini olish uchun “Hizbulloh” bilan aloqa o‘rnatmoqda. Bu haqda Livan mediasiga tayanib, Bild xabar berdi.
Livan tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Abdulloh Bu Habibning so‘zlariga ko‘ra, hukumat “Hizbulloh” jangchilarini javob qaytarmasliklari kerakligiga ishontirishga harakat qilmoqda.
Shu kungacha Solih al-Aruriy G‘azo sektorida urush boshlanganidan beri halok bo‘lgan eng yuqori martabali HAMAS amaldori hisoblanadi. HAMASning aytishicha, Bayrut chekkasida dron hujumi oqibatida yetti kishi, jumladan, islomiy guruhning qurolli qanotining ikki yetakchisi halok bo‘lgan.
HAMAS vakillari voqeada Isroil armiyasini aybladi, “Hizbulloh” esa qotillikka javob qaytarishga va’da berdi. “Hizbulloh”ni qo‘llab-quvvatlovchi Eron rasmiylari Solih al-Aruriyga qilingan hujum keskinlikni kuchaytirib, salbiy oqibatlarga olib kelishini bildirdi.
HAMAS Solih al-Aruriyning o‘ldirilishi ortidan garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha Isroil bilan muzokaralar muzlatilganini e’lon qildi. Shuningdek, ular qotillikni “terrorchilik harakati” deb ta’riflab, buni Livan suverenitetini buzish, Isroilning falastinliklarga nisbatan dushmanligini kuchaytirish deb baholadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi
Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi