
Foto: WABS
AQSHning Nyu-Jersi shtati Nyuark shahridagi masjid oldida imom otib ketildi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Ismi oshkor qilinmagan imom og‘ir ahvolda mahalliy kasalxonaga olib ketilgan. Otishma mahalliy vaqt bilan ertalab soat 06:00 dan keyin Muhammad masjidi yaqinida sodir bo‘lgan. Mazkur voqea yuzasidan tergov davom etmoqda.
Amerika-Islom munosabatlari kengashining Nyu-Jersidagi bo‘limi otishma haqida ma’lumotga ega bo‘lganlarni politsiyaga murojaat qilishga chaqirgan.
“Biz ushbu voqeadan chuqur xavotirdamiz va imomning tezroq tuzalib ketishini so‘raymiz”, — deydi kengashning matbuot kotibi Dina Saidahmad.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar