14:40 / 05.01.2024
109

Litvada rus tilida o‘qitish taqiqlanishi mumkin

Litvada rus tilida o‘qitish taqiqlanishi mumkin
Foto: Reuters
Litva Ta’lim vazirligi milliy ozchiliklar maktablarida rus tilida ta’lim berishdan voz kechish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, dedi vazirlik rahbari Gintautas Yakshtas Ziniu Radjas radiosida.
 
“Qo‘shnilarimiz Latviya va Estoniya nafaqat rus tili o‘qitiladigan maktablardan voz kechdi, balki rus tilini chet tili sifatida o‘rgatmaslik yo‘liga o‘tdi. Shubhasiz, biz ham qo‘shnilarimizdan o‘rganishimiz kerak”, — dedi Yakshtas.
 
Uning aniqlik kiritishicha, Ta’lim vazirligi hozirda milliy ozchiliklar maktablarini baholamoqda va bir necha hafta ichida qaror loyihasini taqdim etadi.
 
Shu bilan birga, Litvada rus maktablarini yopish rejalashtirilmagan, dedi vazir. Faqat litva tilida o‘qitishga to‘liq o‘tish yoki ta’lim tilini qisman o‘zgartirish o‘ylangan.
 
Litvada 14 mingga yaqin kishi o‘rta maktablarda rus tilida o‘qiydi. Shu bilan birga, 2021 yilda mamlakat aholisining qariyb 5 foizi yoki 141 ming kishi o‘zini rus deb atagan.
 
2022 yil dekabr oyida Estoniya hukumati qonun qabul qildi, unga ko‘ra, mamlakatdagi barcha ta’lim tizimi, jumladan, rus tilidagi maktablar 2029 yilgacha eston tiliga o‘tishi kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo