Foto: “RIA Novosti”
O‘zini o‘zi respublika deb e’lon qilgan Lugansk Xalq Respublikasidagi Rubejnoye shahriga Rossiya samolyotidan aviabomba tushib ketdi. LXRning Rossiya tomonidan tayinlangan rahbari Leonid Pasechnik ta’kidlashicha, “FAB-250” o‘q-dorilarining “favqulodda qulashi” Rossiya Aerokosmik kuchlari samolyoti jangovar topshiriqlarni bajarayotgan vaqtda sodir bo‘lgan.
Hech kim jabrlanmadi, dedi Pasechnik. Yaqin atrofdagi uylar aholisi evakuatsiya qilingan. Vaqtinchalik joylashtirish punktida besh kishi, jumladan, ikki bola bor.
Bomba qulagan joyda Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari va harbiy komendatura vakillari ishlamoqda. Mutaxassislar o‘q-dorilarni zararsizlantirish to‘g‘risida qaror qabul qilmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi Rubejnoyega aviabomba tashlab yuborilishi haqida izoh bermadi.
Bu yanvar oyi boshidan beri Rossiya nazorati ostidagi hududlarga rus samolyotlaridan o‘q-dorilar tushib ketishi bilan bog‘liq ikkinchi holat. 2 yanvar kuni ertalab Voronej viloyatining Petropavlovka qishlog‘ida Rossiya Aerokosmik kuchlari samolyotidan aviatsiya o‘q-dorilari tushib ketdi. 100 dan ortiq uy zarar ko‘rgan, to‘rt kishi jarohatlangan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi
Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!
Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi
Germaniya kansleri Ukrainaga beriladigan 3 mlrd yevrolik yordamni blokladi
Eron generali: “Rossiya Asadning dushmanlari oʻrniga Suriyadagi boʻsh sahroni bombardimon qilgan”
Ijtimoiy tarmoqlarda Bashar Asadning ayoli haqida uzunquloq gap tarqaldi