11:01 / 16.01.2024
154

Qozog‘istonda 2024 yil Markaziy Osiyo davlatlari ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi

Qozog‘istonda 2024 yil Markaziy Osiyo davlatlari ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi

Illustrativ foto: AP Photo

Qozog‘istonda 2024 yilda jangovar tayyorgarlik tadbirlari doirasida Ozarbayjon va Markaziy Osiyo davlatlari: Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston ishtirokida keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Bu haqda respublika Mudofaa vazirligi rasmiy saytida ma’lum qildi.

“Bu yil mamlakatimiz hududida beshta davlat ishtirokida keng ko‘lamli o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi va ular yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazilishi kerak. Qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni saqlab qolish biz uchun nihoyatda muhim”, — deydi mudofaa vaziri Ruslan Jaksilikov.

Ta’kidlanishicha, 2024 yil davomida Qozog‘iston qurolli kuchlari tomonidan jami 160 ta tezkor tayyorgarlik tadbirlari va 70 mingdan ortiq jangovar tayyorgarlik tadbirlari rejalashtirilgan va Olmaotada Qozog‘iston milliy kurashi bo‘yicha birinchi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) chempionati bo‘lib o‘tadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo