Foto: Rossiya prezidenti matbuot xizmati
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjonga hujum qilmaslik to‘g‘risidagi paktni imzolash taklif qilinganini aytdi. Bu haqda “Armenpress” xabar berdi.
“Ozarbayjonga chegarani demilitarizatsiya qilishni, o‘zaro qurol nazorati mexanizmini, shuningdek, tinchlik shartnomasini imzolash kutilgandan ko‘ra ko‘proq vaqt talab etgan taqdirda, hujum qilmaslik to‘g‘risidagi paktni imzolashni taklif qildik. Armaniston Respublikasi tinchlik bo‘yicha kun tartibiga sodiq va undan chetga chiqmaydi”, — dedi Pashinyan Armaniston armiyasi kuni munosabati bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda.
Bosh vazir Armaniston armiyasini isloh qilish bilan bog‘liq “agressiv bayonotlar”ga javob qaytardi. Pashinyan fikricha, kuchli va jangovar tayyor armiya yaratish har bir davlatning suveren huquqidir.
Uning ta’kidlashicha, “agar kimdir bizning bu huquqimizga shubha qilsa, u bizning yashash huquqimizni shubha ostiga oladi”. Pashinyan Yerevanning “o‘z suverenidan” boshqa hech qanday hududga da’vosi yo‘qligini ta’kidladi. Armaniston Ozarbayjonga bir necha xavfsizlik kafolati mexanizmlarini taklif qilgan. Ular orasida Armaniston SSR va Ozarbayjon SSR ma’muriy chegarasidan qo‘shinlarni olib chiqish bor. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!
Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi
Germaniya kansleri Ukrainaga beriladigan 3 mlrd yevrolik yordamni blokladi
Eron generali: “Rossiya Asadning dushmanlari oʻrniga Suriyadagi boʻsh sahroni bombardimon qilgan”
Ijtimoiy tarmoqlarda Bashar Asadning ayoli haqida uzunquloq gap tarqaldi
Rossiyalik siyosatchi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni haqorat qildi
Britaniya 3 mingga yaqin oʻzbekistonlikni ish bilan ta'minlaydi