Foto: Reuters
Ukrainaning Avdeyevka shahri uchun shiddatli janglar davom etmoqda. Biroq agar ruslar shaharni egallashga muvaffaq bo‘lgan taqdirda, Ukraina deyarli hech narsa yo‘qotmaydi. Bu haqda harbiy ekspert, “Aydar” batalonining sobiq rota komandiri Yevgeniy Dikiy “Novinarnya” nashriga ma’lum qildi.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Avdeyevka keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan beri Rossiya mudofaasi ichida bo‘lgan. Agar Rossiya front chizig‘ini tenglashtira olsa, bu u uchun osonroq bo‘ladi, lekin Ukraina uchun Donetskni o‘qqa tutish qiyinlashadi.
“Avdeyevka ushlab turilgan vaqtda u yerda ikkinchi front chizig‘i paydo bo‘lgandi. Allaqachon orqaga chekinish kerak bo‘lgan joy bor. Avdeyevka tez boy berilgan taqdirda, bu boshqacha bo‘lardi. Chunki negadir 2014 yildan 2023 yilgacha u yerda hech kim ikkinchi yoki uchinchi frontni tashkil qilmagan”, — deya tushuntirdi ekspert.
Dikiyning so‘zlariga ko‘ra, mudofaa chiziqlari allaqachon tayyor, ukrainalik himoyachilar orqaga chekinish uchun joy bor. Baxmutdagi jang paytida sodir bo‘lgan ssenariy kuzatilmaydi. Biroq hozir Avdeyevkani ushlab turish juda foydali.
“Ular (ruslar) Avdeyevkaga 40 ming kishini jalb qilgani biz uchun foydali. Shunday qilib, bu odamlar bizning Kupyansk yaqinidagi mudofaamizni kesib o‘tmaydi, ularni Xerson viloyatiga o‘tkazib bo‘lmaydi. Ular Avdeyevkaga bog‘lanib qolgan, sababi ularning hukumati (Kreml) shaharni bosib olishni buyurgan”, — deydi u.
Mutaxassisning aytishicha, Avdeyevkadagi ukrainalik harbiylar uchun juda qiyin, biroq dushman katta yo‘qotishlarga uchramoqda. Shuning uchun shaharni iloji boricha uzoqroq ushlab turish kerak. Hammasi Orlovkadagi vaziyatga bog‘liq bo‘ladi.
“Avdeyevkani tashqi dunyo bilan bog‘laydigan yagona avtomagistral Orlovka orqali o‘tadi. Bir necha oylardan beri u otishma ostida qolmoqda”, — deya mutaxassis va shaharni ushlab turish texnika tashish uchun zarurligini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi
Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!
Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi
Germaniya kansleri Ukrainaga beriladigan 3 mlrd yevrolik yordamni blokladi