09:30 / 01.02.2024
259

AQSH vizasi: 2023 yilda qancha o‘zbekistonlik rad javobini olgani ma’lum bo‘ldi

AQSH vizasi: 2023 yilda qancha o‘zbekistonlik rad javobini olgani ma’lum bo‘ldi
Foto: RBK
AQSH 2023 yilga mo‘ljallangan B1/B2 toifali noimmigratsion vizalarni berishni rad etish bo‘yicha rasmiy statistika ma’lumotlarini e’lon qildi.

Davlat departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-moliya yilida (2022 yil 1 oktyabrdan 2023 yil 30 sentyabrgacha bo‘lgan davr) O‘zbekistondan murojaat qilganlarning qariyb 60 foizi rad etilgan.

Ta’kidlash joiz, viza rad etish darajasi B vizasiga ariza topshirganlar soniga nisbatan hisoblanadi.

2023 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida viza rad qilish ko‘rsatkichi quyidagicha bo‘lgan:
- O‘zbekiston – 59,56 foiz;
- Tojikiston – 54,96 foiz;
- Turkmaniston – 51,10 foiz;
- Qozog‘iston – 41,93 foiz;
- Qirg‘iziston – 41,54 foiz.

Dunyo bo‘yicha fuqarolari eng ko‘p rad javobini olgan davlatlar:
- Mikroneziya, Palau va KXDR - 100 foiz;
- Liberiya - 78,19 foiz;
- Laos - 72,79 foiz;
- Ruanda - 71 foiz;
- Somali - 69,89 foiz;
- Jibuti - 68,37 foiz;
- Nikaragua - 65,6 foiz.

Fuqarolari eng kam rad javobini olgan davlatlar:
- Qatar – 2,53 foiz;
- Urugvay - 3,21 foiz;
- Isroil - 3,3 foiz;
- Kuvayt - 3,96 foiz;
- Luksemburg - 4,22 foiz;
- Sulaymon orollari - 4,35 foiz;
- Malayziya – 4,43 foiz;
- Kipr - 4,48 foiz;
- Islandiya – 4,54 foiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo