Foto: Telegram
Ramzan Qodirovning qizi Xadijat Qodirova Checheniston rahbari va hukumati ma’muriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimini egalladi.
Qodirovning Telegram kanalida xabar berilishicha, respublika rahbari va hukumati ma’muriyati rahbari Galas Taymaxanov Xadijatni ushbu lavozimga tayinlash taklifi bilan chiqqan.
Xadijat Qodirova o‘zining yangi lavozimida “ijtimoiy blok bilan o‘zaro hamkorlik” ishlari bilan shug‘ullanadi, dedi Checheniston rahbari. Ilgari Qodirovning qizi Grozniy meriyasining maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Xadijat Qodirova Checheniston rahbarining ikkinchi qizi. Ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Xadijat Qodirova 17 yanvar kuni 24 yoshga to‘ldi.
Checheniston rahbarining to‘ng‘ich qizi Ayshat Qodirova 2023 yil oktyabr oyida Checheniston bosh vazirining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallagan edi.
Ramzan Qodirovning to‘ng‘ich o‘g‘li Axmat noyabr oyida Respublika Jismoniy tarbiya, sport va yoshlar siyosati vazirligi rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
Qodirovning yana bir o‘g‘li Adam Volgogradda yashovchi Nikita Juravelni kaltaklab, Checheniston Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi: Juravel Qur’onni yoqish tufayli dindorlarning tuyg‘ularini haqorat qilganlikda ayblanib hibsga olingan edi.
Qodirovning jami 14 nafar farzandi bor, ulardan ikkitasi asrab olingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi
Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!