Foto: BBC
London ko‘chasida noma’lum shaxs to‘qqiz kishi, jumladan, ikki bolaga kislota bilan hujum qildi, politsiya voqeani tergov qilmoqda. Jinoyatchi qochib ketgan, uni qidirishga vertolyot jalb qilingan.
Sky News telekanali 1 fevral kuni xabar berishicha, London janubi-g‘arbidagi Klapham hududida noma’lum shaxs to‘qqiz kishiga kislota sepgan. Ikki bola, ularning onasi, uch nafar politsiyachi va uch nafar o‘tkinchi jarohatlangan.
Hujum 31 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:30 atrofida sodir bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hujum nishoni dastlab ikki bolali ayol bo‘lgan – u mashinadan tushgan erkak bilan janjallashayotgan edi. Bir payt erkak o‘zini agressiv tuta boshlagan, keyin ayolning yuziga kislota sepib, bolani kaltaklagan. Kislota bolalarga, shuningdek, hujumchini tinchlantirishga uringan o‘tkinchilar va politsiyachilarga teggan.
To‘qqiz kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan. Ulardan 3 nafari kasalxonaga yotqizilgan, besh nafari travmatologiya bo‘limida, bir nafariga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda kriminologlar jinoyatchi ishlatgan moddani o‘rganishmoqda.
London politsiyasi jinoyat joyidan qochishga muvaffaq bo‘lgan hujumchini qidirish ishlarini boshladi. Hozirda jinoyatchi Britaniya poytaxti bo‘ylab qidirilmoqda, qidiruvga vertolyot ham jalb etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi
Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!