Amerika Qo‘shma Shtatlari Iroq va Suriyada joylashgan Eron nishonlari va qo‘shinlariga javob zarbalari berishga qaror qildi. Bu haqda CBC telekanali manbalarga asoslangan holda xabar berdi.
«AQSH rasmiylari CBC News telekanaliga bir necha kun davomida Iroq va Suriya bo‘ylab nishonlarga, jumladan, Eron askarlari va obyektlariga bir qator zarbalar berish rejalarini tasdiqladi», — deyiladi xabarda.
Zarbalar mintaqadagi AQSH kuchlarini nishonga olgan dron va raketa hujumlariga javob sifatida beriladi. Jumladan, Suriya va Iordaniya chegarasidagi AQSH bazasiga dron hujumi keskinlik ortishiga xizmat qildi. Ushbu hujumda 3 nafar amerikalik harbiylar halok bo‘lgan va yana o‘nlab kishi jarohatlangan.
Prezident Jo Bayden mazkur hujumga munosabat bildirarkan, «AQSH albatta javob berishi»ni ta’kidladi.
O‘z navbatida Eronning o‘zi Kirmon shahridagi teraktdan so‘ng Pokiston, Suriya va Iroqdagi nishonlarga zarba bergandi. Mazkur harakatlar mintaqadagi keskin vaziyatni yanada taranglashtirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi