Foto: Google Images
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tulada bo‘lib o‘tgan “Hammasi g‘alaba uchun!” forumida Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) terrorchi tashkilotga aylanganini aytdi. U, shuningdek, Ukraina zarbalaridan tinch aholi obyektlarini himoya qilish uchun Rossiya chegarani himoya qilishi kerakligini aytdi.
“Ukraina Qurolli kuchlari terrorchi tashkilotga aylandi... Ular tez yordam mashinalariga o‘q uzmoqdalar”, — dedi prezident.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiya fuqarolik obyektlarini o‘qqa tutgani “bu hukumat o‘zini qanday tutayotganini” ko‘rsatadi. Vladimir Putin tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasini himoya qilish uchun “chegarani himoya qilish” kerakligini aytdi.
31 yanvar kuni prezidentlikka nomzod sifatida Vladimir Putin ishonchli vakillari bilan uchrashuvda Ukrainada demilitarizatsiya qilingan hudud yaratish zarurligini e’lon qildi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, bu Rossiya shaharlarini Ukraina o‘qqa tutishidan himoya qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi