Foto: Getty Images
AQSH va Buyuk Britaniyaning Yamandagi zarbalari ularning Yaqin Sharqdagi mojaroni kengaytirishdan qochish bo‘yicha berayotgan bayonotlariga ziddir. Bu haqda Eron tashqi ishlar vazirligiga tayanib, Mehr news agency xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, davlatlar bu kabi harakatlari bilan mintaqada faqat tartibsizlik va beqarorlikni kuchaytirmoqda.
“Ushbu hujumlar Vashington va Londonning urush va mojaro kengayishini istamasliklari haqidagi takroriy bayonotlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ziddir”, — deydi Eron tashqi ishlar vakili Nosir Kanani.
U AQSH va Buyuk Britaniyani “xaosni qo‘zg‘atish, tartibsizlik, ishonchsizlik va beqarorlikka undashda” aybladi hamda bu davlatlarning harakatlari xalqaro huquq, Yaman suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzayotganiga ishora qildi.
Eslatib o‘tamiz, 4 fevral kuni Amerika va Britaniya qo‘shinlari qator ittifoqchilar ko‘magida Yamandagi husiylar pozitsiyalariga yana hujum qilib, 13 ta aholi punktidagi 36 ta nishonga zarba berdi. O‘z navbatida, husiylar bu hujumlarni javobsiz qoldirmaslikni va’da qildi.
5 fevral kuni ham Yaman yangi zarbalarga uchradi. AQSH va Buyuk Britaniya Yamandagi husiylar pozitsiyalariga 15 ta havo hujumi uyushtirdi: 11 tasi Xodeyda viloyatiga va 4 tasi Saada provinsiyasiga, deb xabar beradi Al Mayadeen telekanali. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi