06:28 / 07.02.2024
864

Rossiyada ayollarga urushda halok bo‘lgan harbiyga turmushga chiqishga ruxsat beriladi

Rossiyada ayollarga urushda halok bo‘lgan harbiyga turmushga chiqishga ruxsat beriladi
Foto: Sergey Kiselev
Rossiyalik ayollarga Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan erkaklarga turmushga chiqishga ruxsat beriladi. Shu haqdagi qonun loyihasi Davlat Dumasiga deputatlar tomonidan kiritildi.

«Agar erkak va ayol kamida uch yil birga yashagan bo‘lsa yoki kamida bir yil yashab, bola orttirgan va umumiy xo‘jalik yuritgan bo‘lsa, nikoh munosabatlari fakti sud tomonidan aniqlanishi mumkin», deyiladi hujjatda.

Mualliflar fikriga ko‘ra, «nikoh munosabatlari» faktini tan olish to‘g‘risida qaror qabul qilishda sud ularning paydo bo‘lgan (boshlanish) vaqtini aniqlashi kerak. Shunda sud qarori nikohning rasmiy tuzilishiga tenglashtiriladi. Keyinchalik, nikoh haqidagi ma’lumotlar Fuqarolik holati dalolatnomalarining yagona davlat reyestriga kiritiladi.

Shu asnoda Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan erkaklar bilan norasmiy ravishda yashagan ayollar «o‘limdan keyingi nikoh» bilan birga meros huquqini va va’da qilingan barcha tegishli to‘lovlarni oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo