Texasda yolg‘iz ayollar uchun noodatiy qishloq barpo etildi

Dunyo1 daqiqa o'qish155
Texasda yolg‘iz ayollar uchun noodatiy qishloq barpo etildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Texasda Robin Yerian barpo qilgan «Qush uyasi» qishlog'idagi uylar faqat yolg'iz ayollarga ijaraga beriladi.
  • Qishloqda 52 yosh va undan katta bo'lgan 12 nafar ayol istiqomat qiladi, ijara narxi oyiga 450 dollardan boshlanadi.
  • Yerian loyihaga pensiya jamg'armasidan mablag' sarflab, 5 akr yerni 35 ming dollarga sotib olgan va infratuzilma hamda obodonlashtirishga yana 150 ming dollar yo'naltirgan.

Texasda Robin Yerian ismli pensioner ayol «Qush uyasi» deb nomlangan o‘ziga xos qishloq barpo qildi. Bu yerdagi uy-joylar faqat yolg‘iz ayollarga ijaraga beriladi. Bu haqda The Sun xabar berdi.

Qishloq hududida bir nechta kichik uylar joylashgan bo‘lib, ayollarga tinch, xavfsiz va nisbatan arzon sharoitda yashash imkoniyati yaratilgan. Uylarning ijara narxi oyiga 450 dollardan boshlanadi.

Loyiha asoschisi aholini nafaqat moliyaviy mustaqillik va erkinlik bilan, balki bir-birini qo‘llab-quvvatlaydigan ahil jamoa bilan ham ta’minlashni maqsad qilgan.

Yerian ushbu loyihani amalga oshirish uchun o‘zining pensiya jamg‘armasidan mablag‘ sarflagan. U 5 akr yerni 35 ming dollarga sotib olgan, keyin esa kanalizatsiya, elektr va suv ta’minoti, yo‘l kabi infratuzilmalarni barpo etish hamda hududni obodonlashtirish uchun yana 150 ming dollar mablag‘ yo‘naltirgan.

Hozirda qishloqda 52 yosh va undan katta bo‘lgan 12 nafar ayol istiqomat qilmoqda. Ularning aksariyati turmush qurmagan, ajrashgan yoki beva ayollardan iborat.

Yerianning aytishicha, ushbu joyda yashashga qiziqish kutilganidan ancha yuqori bo‘lgan. Xususan, o‘tgan yozda qishloqdagi bitta bo‘sh o‘rin uchun taxminan 500 nafar nomzod ariza bergan. Shu sababli yangi istiqomatchilarni tanlash jarayoniga jiddiy yondashila boshlangan.

Endilikda qishloqqa ko‘chib kelishni istagan har bir nomzod avvalo uning asoschisi va boshqa istiqomatchilar bilan shaxsan tanishishi kerak.

Qishloqning asosiy g‘oyasi esa bir joyda yashashdan ko‘ra kengroq ma’noni anglatadi — ayollarga xavfsiz muhitda mustaqil hayot kechirish va bir-birini qo‘llab-quvvatlaydigan jamoa tarkibida yashash imkoniyatini berish.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?