Foto: The Times of Israel
Germaniya kansleri Olaf Shols Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon suhbatida ikki davlat yechimini Yaqin Sharq mojarosidan chiqishning yagona yo‘li deb atadi. Bu haqda Bild xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Netanyaxu Germaniya kansleriga G‘azo sektori va Isroil-Livan chegarasidagi harbiy vaziyat haqida ma’lumot bergan. Olaf Shols G‘azo aholisi uchun ta’minotni yaxshilash zarurligini ta’kidlagan.
Kanslerning ta’kidlashicha, Germaniya hukumati nuqtayi nazaridan faqat ikki davlat asosidagi muzokaralar yo‘li bilan Yaqin Sharqdagi konfliktga barham berish mumkin. Bunda konfliktni hal qilishda isloh qilingan Falastin ma’muriyati markaziy rol o‘ynashi kerak.
7 oktyabrdagi voqealardan (HAMASning Isroilga hujumi) keyin Netanyaxu ikki xalq uchun ikki davlat qaroriga qarshi chiqmoqda. Ko‘plab siyosatchilar mustaqil Falastin davlatini yaratish tarafdori. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi