Foto: Google Images
HAMAS harakati AQSH, Qatar va Misr vositachiligida ishlab chiqilgan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha 3 bosqichli Parij rejasini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, HAMAS bu rejaga “ijobiy ruhda” munosabat bildirib, anklavda to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish, asirlar va vafot etganlarning jasadlarini almashish va G‘azo sektorini tiklashni ma’qullagan.
Misr xavfsizlik xizmatlaridagi manbalarning agentlikka ma’lum qilishicha, HAMAS moslashuvchanlikni namoyish etgan.
“Yakuniy formula bo‘yicha imkon qadar tezroq kelishuvga erishish uchun taklif etilayotgan rejaning barcha tafsilotlarini manfaatdor tomonlar bilan muhokama qilamiz”, — dedi Misr Davlat axborot xizmati rahbari Diaa Rashvan.
Avvalroq Qatar bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon Al Soniy G‘azodagi sulhga HAMASning munosabati ijobiy ekanini aytgan edi. Uning qayd etishicha, HAMASning javobi Isroilga yetkazilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Iste'fodagi podpolkovnik: Ukraina harbiylari yarador xizmatdoshlarini tashlab, qochib ketishdi
AQSh Venesuela prezidenti Maduro haqidagi ma'lumot uchun 25 million dollar mukofot tayinladi
Nima uchun Los-Anjeles yonmoqda?
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?