Joriy yilning yanvar oyida o‘tgan dekabrga nisbatan Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanish 2,5 baravarga oshgan. Bu haqda mamlakat sanitar-epidemiolog mutaxassislari ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yilning dekabridagi 187 ta holatdan yanvar oyida 477 tagacha yetgan. Eng ko‘p yangi holatlar Olmaota (143) va Ostona (74) shaharlarida kuzatilgan.
«Cheklovchi choralarni joriy etish rejalashtirilmayapti. Shu bilan birga, so‘nggi bir oyda koronavirus bilan kasallanish darajasi oshgani, O‘RVI va gripp bilan kasallanish bo‘yicha epidemiologik mavsum davom etayotganini inobatga olgan holda, tibbiy niqobdan foydalanish tavsiya etiladi. Ayniqsa, tibbiy niqobdan odamlar ko‘p to‘planadigan joylarda, jamoat transportida va shifoxonalarda hamda bemor bilan muloqotda bo‘lgan joylarda foydalanish zarur», - deyiladi Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Iste'fodagi podpolkovnik: Ukraina harbiylari yarador xizmatdoshlarini tashlab, qochib ketishdi
AQSh Venesuela prezidenti Maduro haqidagi ma'lumot uchun 25 million dollar mukofot tayinladi
Nima uchun Los-Anjeles yonmoqda?
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?