Foto: WELT
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkada oldinga siljidi, Ukraina shaharni yaqin kun yoki haftalarda boy berishi mumkin. Bu haqda Bild tahlilchisi Yulian Ryopke xabar berdi.
Tahlilchiga ko‘ra, rus qo‘shinlari Avdeyevkada ikki yo‘nalishda (quyida xaritada sariq bilan belgilangan): janubi-sharqda va shahar markazida muvaffaqiyatli olg‘a siljimoqda. Ukraina harbiylari uchun esa vaziyat keskinlashmoqda. Ayniqda Rossiya armiyasi Ukraina harbiylarinining (yashil rang bilan belgilangan) so‘nggi ta’minot yo‘llaridan birida taxminan 200 metr uzoqlikda joylashgani xavfli.
Janubga boshqa yo‘l bor, lekin u yerda ham rus pozitsiyalari yuzlab metr uzoqlikda, Severnoye qishlog‘iga yaqin joylashgan.
“Agar bu yo‘llar kesilsa, shahar qurshab olinadi va qulaydi. Bu hali amalga oshmagan, lekin ba’zilar bunga kunlar yoki haftalar qolganini taxmin qilmoqda”, — deydi Ryopke.
Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari bilan Rossiya armiyasi pozitsiyalari orasidagi yo‘lakning kengligi 4,85 kilometrgacha qisqargan.
Rossiya qurolli kuchlari artilleriya bo‘yicha Ukraina armiyasidan ustunligi tufayli muvaffaqiyatli oldinga siljimoqda. Hozir taxminan 5:1. Rossiya 152 va 122 mm artilleriya, “Grad” reaktiv tizimi va minomyotlardan faol foydalanadi. Rossiyaning ustunligi havoda ham seziladi. FAB-500, FAB-1000 va FAB-1500 kuchli portlovchi bombalar samolyotdan tashlanadi. Ukrainada bu hujumlarni qaytarish uchun havo hujumidan mudofaa tizimlari mavjud emas.
Bundan tashqari Ukraina armiyasining quruqlikdagi askarlari yetarli emas, shuning uchun ko‘pincha rus piyoda askarlarining oldinga siljib kelayotgan guruhlariga qarshi faqat dronlar ishlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda
Daniya Grenlandiya mudofaasini qanday mustahkamlamoqchi?
Bayden 15 yanvarda millatga xayrlashuv nutqi bilan chiqish qiladi
Trampga Grenlandiya nima uchun kerak?
"Yandeks" asoschisi Arkadiy Voloj oʻziga qoʻriqlash xizmati yollashiga kim sababchi boʻldi?
Ukrainada eng keng tarqalgan jinoyat: Armiyadan qochish!
Putin va Tramp qachon uchrashishi mumkin?
Iste'fodagi podpolkovnik: Ukraina harbiylari yarador xizmatdoshlarini tashlab, qochib ketishdi