271
Rossiyaga raketa va snaryadlar yetkazib bergani uchun Yevropa Ittifoqi Shimoliy Koreyani jazolamoqchi
Foto: Google Images
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga raketa va artilleriya snaryadlari yetkazib bergani uchun Shimoliy Koreyaga sanksiyalar joriy etishni taklif qildi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
YEI Shimoliy Koreya mudofaa vaziri va milliy ballistik raketa dasturini nazorat qiluvchi hukumat organi – Bosh raketa byurosini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritishni taklif qildi.
Qayd etilishicha, “Shimoliy Koreya tomonidan ishlab chiqarilgan ballistik raketalar” Rossiya qurolli kuchlari tomonidan Ukrainaga qarshi ishlatilgan. Bundan tashqari Shimoliy Koreya Rossiyaga yuz minglab artilleriya o‘q-dorilarini yetkazib berdi.
Ta’kidlanishicha, Shimoliy Koreyaga qarshi potensial choralar, jumladan sayohatni taqiqlash va aktivlarni muzlatish ko‘p jihatdan ramziy ma’noga ega.
Taklif qilingan sanksiyalar qurol ishlab chiqarish va xarid qilish bilan shug‘ullanuvchi o‘nlab shaxslar va tashkilotlar, shuningdek, ularni yaratish uchun zarur bo‘lgan butlovchi qismlar va texnikalar ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. Bu choralar bir qancha rossiyalik amaldorlarga ham tegishli. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda
Daniya Grenlandiya mudofaasini qanday mustahkamlamoqchi?
Bayden 15 yanvarda millatga xayrlashuv nutqi bilan chiqish qiladi