07:10 / 17.02.2024
262

Jo Bayden: “Navalniyning o‘limi uchun Putin javobgar”

Jo Bayden: “Navalniyning o‘limi uchun Putin javobgar”
Foto: Google Images
AQSH prezidenti Jo Bayden Aleksey Navalniyning o‘limiga munosabati bildirdi. Baydenning aytishicha, hatto qamoqxonada ham Navalniy haqiqatni aytishda davom etgan.

Rossiya hukumati o‘lim sababi bo‘yicha o‘z versiyasini e’lon qiladi. Ammo esda tuting: Navalniyning o‘limi uchun Putin javobgar”, — dedi Bayden.

Bayden, shuningdek, amerikalik siyosatchilar uchun muhim qaror qabul qilish va Rossiyaga qarshi turgan Ukrainaga yordam berishda davom etish vaqti kelganini qo‘shimcha qildi.

2021 yilning yozida Jo Bayden Vladimir Putin bilan uchrashgandi. Shundan so‘ng u jurnalistlar bilan uchrashuvda: “Men Putinga buning oqibatlari Rossiya uchun halokatli bo‘lishi mumkinligini aytdim”, — degandi. O‘shanda gap Navalniyning qamoqxonada o‘lishi mumkinligi haqida borgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo