Foto: Getty Images
Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Avdiyivka hududini, jumladan, Ukraina Qurolli kuchlarining istehkomlaridan biri bo‘lgan koks zavodini ham to‘liq nazoratga oldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Avdiyivkaning turli joylarida, jumladan g‘arbiy chekkasidagi Madaniyat va texnologiyalar saroyi binosida, shuningdek, koks zavodi hududida Rossiya harbiylari bayroq o‘rnatayotgani aks etgan fotosuratlar va videolar tarqaldi.
Ukrainaning DeepState loyihasi o‘z xaritasini yangilab, Avdiyivkani Rossiya qo‘shinlari bosib olgan hudud sifatida belgiladi.
Ukraina Qurolli kuchlari 15 fevraldan qo‘shinlarini Avdiyivkadan olib chiqishni boshladi. 16 fevral kuni ukrainalik harbiylar shahar janubidagi istehkomdan chekindi. 17 fevralga o‘tar kechasi Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonligi armiya Avdiyivkadan chekinganini ma’lum qildi. Ukraina Mudofaa vaziri Rustem Umerov «odamlar hayotini saqlab qolish qarori to‘g‘ri» ekanini aytdi.
Ukrainaning «Tavriya» qurolli kuchlari guruhi qo‘mondoni Aleksandr Tarnavskiy qo‘shinlarni olib chiqish operatsiyasining yakuniy bosqichida «ma’lum miqdordagi ukrainalik harbiy xizmatchilar» asirlikka tushganini aytdi.
Ukraina Qurolli kuchlari Donetsk chekkasidadagi Avdiyivkadan 2015 yildan beri istehkom sifatida foydalanayotgan edi. Rossiya armiyasi 2023 yil oktyabr oyida uni qo‘lga kiritish uchun faol hujum boshlagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda