Foto: Reuters
17 fevral kuni Rossiya poytaxti Moskva va bir qancha boshqa shaharlarda amaldagi mamlakat rahbari Vladimir Putinning muxolifi bo‘lgan Aleksey Navalniy xotirasi uchun yig‘ilganlarni hukumat hibsga olishni buyurgan. Kuch ishlatar tuzilmalar hozirga qadar 212 nafar fuqaroni hibsga olgan. Bu haqda mahalliy nashrlarga asoslanib, Al Jazeera xabar berdi.
Bu voqea 2022 yilning sentyabr oyidan beri Rossiyada ro‘y bergan eng yirik ommaviy hibsga olish kampaniyasi bo‘ldi. Avvalgi noroziliklar Ukrainadagi harbiy operatsiyani insoniy resurs bilan ta’minlash maqsadida “qisman safarbarlik” joriy etilishi ortidan kelib chiqqan edi. Namoyishlarda 1300 dan ortiq kishi hibsga olingandi.
Rossiyada namoyishlar erkinligi haqida xabar beruvchi OVD-Info ma’lumotlariga ko‘ra, Navalniy o‘limi ortidan yuzaga kelgan norozilik holatlari Rossiyaning 21 shahrida kuzatilgan. Yirik shaharlardan hisoblangan Sankt-Peterburgda kamida 109 kishi, Moskvada esa 39 kishi hibsga olingan.
Xabarda aytilishicha, hibsga olinganlar soni bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin. Ichki ishlar organlari namoyishlar bilan bog‘liq ma’lumotni taqdim etmaganligi bois, hibsdagilarning aniq sonini aytish imkonsiz. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda