Foto: Google Images
Moskva va Yerevanning Ukraina bo‘yicha pozitsiyalari tubdan farq qiladi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi.
Avvalroq Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakat Ukraina masalasi bo‘yicha Rossiya Federatsiyasining ittifoqchisi emasligi haqida bayonot bergandi.
“Haqiqatan ham, biz Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealar va Ukraina atrofidagi mojaro bo‘yicha mutlaqo qarama-qarshi nuqtayi nazarga egamiz. Bu hech kimga sir emas. Biz bu borada ular bilan rozi emasmiz va o‘zimiz haq ekanligimizni qat’iyat bilan isbotlashda davom etamiz”, — dedi Kreml vakili.
Germaniyadagi arman diasporasi vakillari bilan uchrashuvda Pashinyan yana bir bor Yerevan Ukraina masalasida Moskvaning ittifoqchisi emasligini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi