
Foto: InoSMI
Rossiya Ukrainaning Zaporoje shahri yaqinida katta qo‘shin jamlamoqda. Bu haqda CNN nashri razvedka ma’lumotlariga asoslanib, xabar berdi.
Ukraina janubi-sharqidagi shaharga yaqinlashib kelayotgan hujum xavfi haqida ham rus, ham ukrain rasmiy nashrlari xabar bergan. Zaporoje o‘tgan yili yozda Kiyev uchun Rossiyaga qarshi hujum boshlash uchun tayanch shaharga aylangan edi.
Ayrim tahlilchilarga ko‘ra, Rossiya Zaporoje yaqinida kamida 50 ming askar to‘plagan. Yangi hujum uchun tayyorgarlik Rossiya kuchlari Donetsk viloyatidagi Andreyevka shaharchasida o‘z bayrog‘ini ko‘targandan ko‘p o‘tmay yuz bermoqda.
Avvalroq Ukraina rahbariyati o‘q-dori yetishmovchiligi bilan bog‘liq vaziyat haqida G‘arbga murojaat yo‘llab, yordam so‘ragan edi. Ukraina yetarlicha o‘q-dori olmasa, frontdagi vaziyat tubdan o‘zgarishi haqida ogohlantirilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar