
Myunxen xavfsizlik konferensiyasida ishtirok etgan Ukraina hamkorlari ukrain armiyasining frontdagi istiqbollaridan xavotir bildirdi. Bu haqda 18 fevral kuni Amerikaning Politico nashri manbalariga tayanib xabar berdi. AQSHning 60 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketi tasdiqlanmasa, Ukraina urushda yutqazadi, deydi yuqori martabali G‘arb siyosatchilari va rasmiylari. Shu bilan birga, nashrning ko‘plab suhbatdoshlari Ukrainaning Rossiyaga qarshi urushdagi g‘alabasi qanday bo‘lishiga javob berishga qiynaldi.
AQSH Kongressi razvedka qo‘mitasi raisi, demokrat senator Mark Uornerning so‘zlariga ko‘ra, Vakillar palatasi tomonidan yangi yordam paketining ma’qullanishi Ukraina uchun «burilish nuqtasi» bo‘ladi. Biroq Uorner bu harakat mamlakatning urushdagi g‘alabasini ta’minlashini da’vo qilmadi, shunchaki Amerika yordami Kiyevning so‘nggi va eng yaxshi umidi ekanini ta’kidladi: «Men ukrainaliklarga qurol-yarog‘, o‘q-dori va texnikani olishning Qo‘shma Shtatlardan tashqari boshqa yo‘lini bilmayman. Ular qisqa muddatda kerak bo‘ladi».
Shu bilan birga, Politico‘ning jami 13 nafar suhbatdoshiga ko‘ra, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashning hozirgi rejasi shunchaki o‘q-dorilar, shaxsiy tarkib yetishmasligi va Avdiyivkaning rus qo‘shinlari tomonidan qo‘lga kiritilishi sharoitida uning qurolli kuchlari «qulamasligi»ni ta’minlab turishdan iboratdir.
Ukraina qurolli kuchlarining Avdiyivkadan olib chiqilishi
17 fevral kuni Ukraina qurolli kuchlarining yangi tayinlangan bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy va «Tavriya» operativ-strategik qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni Aleksandr Tarnavskiy mamlakat qurolli kuchlari Donetskning Avdiyivka shahridan chiqib ketayotganini ma’lum qildi. Shu kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Vladimir Putinga shaharning rus qo‘shinlari tomonidan egallab olingani haqida hisobot berdi.
Rossiya qo‘shinlari 2023 yil oktyabr oyida Avdiyivkaga hujum boshladi. AQSH razvedkasi dekabr oyida ularning katta yo‘qotishlari haqida xabar berdi.
AQSH Ukrainaga yordam berish borasida kelisha olmayapti
AQSH Kongressi 2023 yilning kuzidan beri Ukrainaga yangi yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelisha olmayapti. 13 fevral kuni AQSH Senati yangi paketni ma’qulladi, uning doirasida Kiyevga 60 milliard dollar miqdorida harbiy yordam ko‘rsatilishi kerak. Biroq ko‘pchilik respublikachilardan iborat bo‘lgan Vakillar palatasi hujjatni ma’qullaydimi yoki yo‘qmi, hozircha noaniq. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar