date
views 220

Isroil G‘azodagi qochqinlar lageriga hujum qildi

Isroil G‘azodagi qochqinlar lageriga hujum qildi
Foto: Reuters
20 fevral kuni Isroil havo kuchlari G‘azo sektoridagi qochqinlar lageriga hujum qildi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida kamida o‘n nafar falastinlik halok bo‘lgan. Bir necha o‘nlab fuqaro tan jarohati olgani xabar qilingan.

Shuningdek, Al Jazeera nashri qayd etishicha, Isroil armiyasi Xon Yunus shahridagi Al Amal kasalxonasini o‘qqa tutgan. Hujum oqibatida halok bo‘lganlar haqida hozircha ma’lumot taqdim etilmagan.

Xabarda aytilishicha, Isroil so‘nggi hujumlarini asosan sog‘liqni saqlash obyektlari va infratuzilma inshootlariga qaratmoqda. Hududga gumanitar karvonlar kirishi taqiqlab qo‘yilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil G‘azodagi qochqinlar lageriga hujum qildi