Foto: “Pul Prevogo”
Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston va Serbiya prezidentlari 21 fevral kuni “Kelajak O‘yinlari” xalqaro musobaqasining ochilish marosimida qatnashdi. Davlat rahbarlariga kechki taomga nimalar berilgani ma’lum bo‘ldi.
Menyudan sabzavotli qo‘zichoq go‘shti, qisqichbaqa, avakado va foreldan tartar, kartofel kremi, qovoqcha va ikra bilan sudak balig‘i joy olgan. Bundan tashqari, stolga dengiz mahsulotlaridan taom, g‘oz go‘shti va qovoqdan sup-pyure, qora chetan sharbati, vanilli muzqaymoq bilan olmali pirog va turli xil tatar shirinliklaridan assorti tortilgan.
21 fevral kuni Kazan Expo xalqaro ko‘rgazmalar markazida “Kelajak O‘yinlari”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda MDHning olti davlati rahbarlari ishtirok etdi.
Qozon shahriga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb jihatlari, jumladan, 2023 yil 5—7 oktyabr kunlari Moskva shahrida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Yetakchilar O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etgan.
Davlat rahbarlari transport yo‘laklarini birgalikda rivojlantirish, temiryo‘l transporti sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilgan. Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi, bo‘lajak xalqaro tadbirlar rejasi ko‘rib chiqilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!