19:10 / 28.02.2024
437

Peskov: “Rossiya unga tahdid qilmaydigan davlatlarga xavf solmaydi”

Peskov: “Rossiya unga tahdid qilmaydigan davlatlarga xavf solmaydi”
Foto: Getty Images
Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Rossiya unga tahdid solmaydigan davlatlarga hech qanday xavf solmaydi. U Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning mamlakatning Rossiya bilan umumiy chegaraga ega bo‘lmagani ma’qul, degan so‘zlariga shunday javob berdi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Peskov Rossiya hukumati Vengriya bosh vaziri bilan barcha masalalarda kelisha olmasligni ta’kidlagan.

Rossiya unga qarshi bo‘lishga urinmayotgan har qanday davlatlar uchun hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Shu sababli bu boradagi qo‘rquvlar asossiz”, — dedi Kreml vakili.

Orbanning aytishicha, Vengriya Rossiya bilan umumiy chegaraga ega bo‘lishdan manfaatdor emas. Vengriyaning pozitsiyasi tufayli YEI davlatlari bir necha oy davomida Ukrainaga yana 50 milliard yevro miqdoridagi yordam paketi yuborish bo‘yicha kelisha olmagan. Puldan oqilona foydalanish kafolatlarini olgach, Vengriya bu qarorni cheklamaslikka rozi bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo