Foto: Reuters
AQSH prezidenti Jo Bayden sog‘lig‘i to‘g‘risidagi mish-mishlardan so‘ng tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, unda uyqu apnesi, giperlipidemiya, gastroezofagial refluks va artrit kabi qator kasalliklar aniqlangan. Bu haqda “RIA Novosti” shifokor hisobotiga tayanib xabar berdi.
Tibbiy hujjatga ko‘ra, Amerika prezidentiga obstruktiv uyqu apnesi tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, u o‘pka ventilyatsiyasining to‘xtashi shaklida namoyon bo‘ladi va xotira buzilishiga, faoliyatning pasayishiga va intellektning yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, Baydenda umurtqa artriti, giperlipidemiya va oshqozon-ichak trakti kasalliklari aniqlangan.
“Bemorda lentigo va aktinik o‘zgarishlar (terida dog‘lar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi) mavjud”, — deyiladi xulosada.
Shuningdek, AQSH rahbarida bosh suyagi asablari va vestibulyar funksiya normada ekanligi qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!