150
2023 yilda AQSH chegarasini 50 mingdan ortiq markaziy osiyolik noqonuniy kesib o‘tgani aytildi
Foto: Getty Images
AQSH Montana shtati senatori Stiv Deyns matbuot anjumanida «yuqori martabali amaldor»ga tayanib, 2023 yilda Markaziy Osiyodan kelgan 50 mingdan ortiq odam AQSH chegarasini noqonuniy kesib o‘tganini aytdi. Bu haqda Daily Mail yozdi.
Deyns so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar noqonuniy migrantlar oqimidan xavotirda va ular Qo‘shma Shtatlarga xavf tug‘dirishi mumkin.
AQSHda boshpana so‘rovlarini ko‘rib chiqish jarayonini kuzatuvchi TRAC notijorat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda kamida 40 ming markaziy osiyolik bunday ishlar bo‘yicha sud jarayonini kutmoqda. Ulardan 17 ming nafari O‘zbekiston, 7 ming nafari Qirg‘iziston, 3 ming nafari Tojikiston, 2,7 ming nafari Qozog‘iston, 2 ming nafari Turkmaniston fuqarolaridir.
Stiv Deyns chegaradagi migrantlar inqirozi bo‘yicha AQSH prezidenti Jo Baydenga xat yozib, chora ko‘rishni so‘ragan. Daily Mail nashri keltirgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, u 2021 yilda hokimiyatga kelganidan beri 7,3 milliondan ortiq migrant AQSH chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi