Foto: “TASS”
1 mart kuni Rossiya kuchlari Donetsk janubida Ukrainaning ikkita yo‘nalishdagi hujumini qaytardi va hududni xavfsizlantirdi. Bu haqda CNN nashri Rossiya harbiy ma’muriyatlari tarqatgan ma’lumotga asoslanib, xabar berdi.
“Rossiya qo‘shinlari Malinovka aholi punkti yaqinida 102-hududiy mudofaa brigadasining ikkita hujumini qaytardi. Shuningdek, Malinovka va Ravnopol aholi punktlari yaqinida dushman qo‘shinlarining aylanma harakatlari oldi olindi”, — deyiladi harbiy qo‘mondonlik xabarida.
Xabarda aytilishicha, Rossiya kuchlari Urojanoye, Ravnopol, Ugledar, Staromayorskoye va Gulyapole aholi punktlari yaqinidagi harbiy istehkomlar va dushman askarlari foydalanishi mumkin bo‘lgan obyektlarni nishonga olgan. Hujum oqibatida 12 ta to‘planish punkti, ikkita dron boshqaruv markazi va bitta qurollanish punktini yo‘q qilgan.
Qarshi hujumda 100 dan ortiq Ukraina askari halok bo‘lgani xabar qilingan. Ukraina tomoni bu haqda rasmiy ma’lumot bermagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi