
Foto: Freepik
2 mart kuni Jenevada o‘tayotgan diplomatik forumda ishtirok etgan Rossiya delegatsiyasi vakili Ruslan Stroganov AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa NATO ittifoqchilarining 20 yil davomida Afg‘onistonda mavjud bo‘lishi mamlakatning bugungi muammolari yuzaga kelishiga sababchi bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.
"AQSH, Buyuk Britaniya va ularning NATO bo‘yicha ittifoqchilarining 20 yillik harbiy amaliyotlari Afg‘onistondagi mavjud muammolarning asosiy keltirib chiqaruvchi sabablaridan biridir", — deydi Rossiya delegatsiyasi a’zosi Ruslan Stroganov.
Stroganovga ko‘ra, 2021 yil avgust oyida Afg‘onistondan shoshilinch ravishda chiqib ketganidan so‘ng G‘arb mamlakatni halokat va qashshoqlik yoqasida qoldirgan. Endi ular mas’uliyatni hozirgi Afg‘oniston rasmiylariga yuklamoqda. G‘arb gumanitar yordam yetkazilishi uchun avvaliga Kobuldan siyosiy yon berishni talab etmoqda. Afg‘onistonning bir necha milliard dollarlik valyuta zaxiralari esa muzlatilganicha qolib ketmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar