date
views 124

BAA prezidenti ramazon oyi arafasida 700 dan ortiq mahbusni afv etdi

BAA prezidenti ramazon oyi arafasida 700 dan ortiq mahbusni afv etdi
Foto: Google Images
Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid al-Nahayon joriy yil 11 martda boshlanadigan musulmonlar uchun muqaddas ramazon oyi arafasida 700 dan ortiq mahbusni afv etdi. Bu haqda Birlashgan Arab Amirliklarining WAM agentligi ma’lum qildi.

Prezident mamlakatdagi jazoni ijro etish muassasalaridan 735 nafar mahkumni ozod qilishni buyurdi. Agentlik, shuningdek, davlat rahbari afv etilganlarning davlat oldidagi moliyaviy majburiyatlarini to‘lashga va’da berganini ta’kidlaydi.

Musulmonlar qamariy taqvimiga ko‘ra, 2024 yilda ramazon oyi 10 mart kuni quyosh botishi bilan boshlanadi va 9 aprelgacha davom etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BAA prezidenti ramazon oyi arafasida 700 dan ortiq mahbusni afv etdi