Foto: IRNA
HAMAS harakati yetakchilaridan biri Usama Hamdan ma’lum qilishicha, Isroil va G‘arb hukumatlarining G‘azodagi harakatlari qarshilik guruhini to‘xtata olmaydi va Isroilni tobora halokatga yetaklaydi. Bu haqda Falastin va Livan nashrlari tarqatgan ma’lumotlarga asoslanib, IRNA nashri xabar berdi.
Hozirda Livan hududida bo‘lib turgan HAMAS sobiq yetakchisi dastlab Livanning Al Mayadeen axborot tarmog‘iga intervyu bergan. Intervyuda Usama Hamdan Isroil va Amerikaning Misr poytaxtida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralari haqida fikrlarini bildirgan. Unga ko‘ra, yuzaki uyushtirilayotgan bu uchrashuvlar hech qanday amaliy ahamiyatga ega emas.
“Shubha yo‘qki, o‘z maqsadiga erishmagan har qanday muzokara davom etmaydi. Isroilliklar esa bu paytdan foydalanib, G‘azodagi gumanitar inqirozni kuchaytirmoqchi”, — degan HAMAS rasmiysi.
Xabarda aytilishicha, HAMAS guruhiga daxldor rahbariyatning G‘arbga nisbatan asosiy e’tirozi vaqtinchalik sulh borasida yuzaga kelgan. G‘arb urushni to‘xtatishni emas, balki vaqtinchalik sulh bo‘lishini istaydi.
Hamdanga ko‘ra, HAMASning pozitsiyasi boshidan aniq. U Isroil talablari asosidagi adolatsiz kelishuv loyihasini qabul qilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi
Asirlikdagi KXDR harbiylari katta yoʻqotishga uchrashganini aytishdi
Gʻarbda Rossiya boʻyicha NATOga shoshilinch murojaat qilishdi
Dubayda estoniyalik dorboz ikki osmonoʻpar bino orasidan oʻtdi