Rossiyalik kosmonavt Makka va Madina bilan bog‘liq fazoviy mo‘’jiza haqida so‘zlab berdi

“Kosmik fazoda bo‘lgan vaqtimizda men va hamkasblarim tunggi yorug‘liklari bilan nom chiqargan Parij, Evropa va Amerikaning ayrim davlatlari va bir qator mamlakatlarning fotosuratini olmoqchi bo‘ldik. Lekin olingan suratlar tiniq chiqmadi. So‘ng Erning kosmosdan suratini oluvchi apparat ob’ektivini Saudiya Arabistoni yarim oroliga burdik, olingan suratdan butun ekipaj hayron qoldi.
Biz suratda ikki yorqin porlab turgan dog‘larni ko‘rdik, ammo bu nima ekanini bilolmadik. Birozdan so‘ng nurlarning chiqish joyi koordinatasi aniqlangach bu musulmonlarning muborak joylari - Makka va Madina ekanini bildik”, - deydi Rossiya kosmonavti Anatoliy Ivashin. Bu haqda "Kun" nashri yozmoqda.
Anatoliy Ivashin kosmosda ko‘rgan Makka va Madinaning go‘zalligini “Allohning mo‘’jizasi” deb atagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing