date
views 627

Afg‘onistonda masjid mullasi diniy saboqni bilmagan bolaning qulog‘ini kesib tashladi

Afg‘onistonda masjid mullasi diniy saboqni bilmagan bolaning qulog‘ini kesib tashladi
Foto: Google Images
Afg‘onistonning G‘or viloyatida masjid mullasi yosh bolaning qulog‘ini pichoq bilan kesib tashlagani ma’lum qilindi.

Bu voqea 8 mart, juma kuni G‘or viloyati markazi Firoz Ko‘h shahri yaqinidagi Yor fulad qishlog‘idagi masjid mullasi tomonidan sodir etilgan.

Bolaning qulog‘i kesilishiga diniy saboqni bilmagani sabab bo‘lgani xabar qilinmoqda.

“Tolibon”ning G‘or viloyatidagi xavfsizlik qo‘mondoni matbuot kotibi Abdul Rahmon Badri bu da’voni rad etib, bolaning qulog‘ini otasi kesib tashlaganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu bolaning otasi ruhiy kasallikka chalingan va ahvoli beqaror bo‘lgani uchun bolaning qulog‘ini kesib tashlagan.

G‘or politsiyasi vakilining qo‘shimcha qilishicha, bu bola davolanish uchun shifoxonaga olib ketilgan. Hozirda holat yuzasidan tekshiruvlar boshlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonda masjid mullasi diniy saboqni bilmagan bolaning qulog‘ini kesib tashladi