date
views 299

«Hizbulloh» Isroil nishonlariga aniq zarba berganini ma’lum qildi

«Hizbulloh» Isroil nishonlariga aniq zarba berganini ma’lum qildi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Livandagi «Hizbulloh» harakati Isroil harbiy obyektlariga raketa zarbasi yo‘llaganini ma’lum qildi. «Biz «Burkan» raketalari bilan Zar’itdagi harbiylar kazarmasiga aniq raketa yo‘lladik», deb harakat bayonotini keltirgan Al Jazeera.

Isroil nashrlari ham Jo‘lan tepaliklaridagi ikkita harbiy bazaga Livan tomonidan zarba berilganini yozgan. «Hizbulloh»ga aloqador kanallarga ko‘ra, bu Isroilning 12 martda Livan janubidagi shaharlarga bergan raketa zarbalariga javob bo‘lgan.

Shuningdek, Isroil nashrlari oxirgi bir necha kun davomida Eron Suriya orqali «Hizbulloh»ga ko‘p miqdorda o‘qdori yetkazib bergani haqida yozgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Hizbulloh» Isroil nishonlariga aniq zarba berganini ma’lum qildi