Foto: Getty Images
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu G‘azo sektorining Misr bilan chegarasidagi Rafah shahrida harbiy operatsiya o‘tkazish rejasini ma’qulladi. Isroil mudofaa armiyasi (SAHAL) Rafahning tinch aholisini evakuatsiya qilishga tayyorligini tasdiqladi.
«Xalqaro bosimga qaramay, biz Rafahga kiramiz, HAMAS batalyonlarini yo‘q qilamiz, xavfsizlikni tiklaymiz, Isroil xalqi va davlatining to‘liq g‘alabasini ta’minlaymiz», dedi Netanyahu.
Isroil bosh vaziri 9 fevral kuni Rafah shahrida keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshlash rejasini ma’lum qildi. SAHAL shaharga kirishidan oldin Benyamin Netanyahu Rafah aholisini evakuatsiya qilishni ta’minlashga va’da berdi.
Politico manbalariga tayanib xabar berishicha, AQSH prezidenti Jo Bayden Rafahda harbiy operatsiya o‘tkazilsa, Isroilga yordamni cheklashi mumkin. Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya rasmiylari ham Isroilning Rafahdagi operatsiyasiga qarshi chiqdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sun'iy idrok koʻkrak bezi saratonini an'anaviy skriningdan yaxshiroq aniqladi
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Slovakiya bosh vaziri Ukraina prezidentini “tilanchi” deb atadi
Urushni yakunlash uchun nimalar qilish kerak? Trampning boʻlajak maslahatchisi shartlarni aytdi
Tbilisida namoyishchilar sudyalarga tuxum uloqtirishdi (video)
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)
Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvi Shveytsariyada oʻtishi mumkin
Mel Gibson yonib ketgan uyining suratini koʻrsatdi