date
views 933

Kreml Baydenning Putinni “bandit" deb atagan gapiga javob qaytardi

Kreml Baydenning Putinni “bandit" deb atagan gapiga javob qaytardi
Foto: Google Images
AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putinni “bandit" deb atagani xabar berilgandi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov fikricha, bu Amerika davlat rahbari bo‘lgan odamga yarashmaydi.

Bayden Avliyo Patrik kunidagi chiqishida Rossiya prezidentini yana bir haqorat qildi.

"Menimcha, Kongress a’zolarining katta qismi o‘z burchlarini bajarishga tayyor. Va men bu xonada bo‘lgan barchani Vladimir Putinga qarshi turishga chaqiraman. U — bandit", — dedi AQSH prezidenti.

Peskovning fikricha, “bunday iboralar davlat rahbarlariga yarashmaydi. Amerika prezidentning bunday harakati bilan faxrlanmasa kerak".

Fevral oyidagi chiqishida ham Jo Bayden Vladimir Putinni haqorat qilgandi. Kreml bu bayonotni bema’nilik deb hisobladi. 2021 yil mart oyida Jo Bayden Rossiya prezidentini qotil deb hisoblaydimi, degan savolga “Ha" deb javob bergan. Kreml ham buni davlat rahbariga nisbatan haqorat sifatida baholadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kreml Baydenning Putinni “bandit" deb atagan gapiga javob qaytardi