date
views 408

Afg‘on qizlari Germaniya kansleriga xat yozdi

Afg‘on qizlari Germaniya kansleriga xat yozdi
Foto: Etilaatroz
Afg‘onistondagi Nima Art Group nomli qizlar ijodiy guruhi a’zolari o‘z hayotlarini saqlab qolish yuzasidan Germaniya kansleri Olaf Sholsga xat yozdi. Bu haqda Etilaatroz xabar berdi.

Biz sizdan ko‘p narsa so‘ramaymiz, faqat hayotimizni, orzu va maqsadlarimizni saqlab qolish, huquqlarimiz yuzasidan sizga murojaat qilamiz”, — degan guruhning 15 nafar a’zosi.

Maktubda qizlar “Tolibon” Afg‘onistonda nazorat o‘rnatgach, ularga nisbatan qo‘yilgan cheklovlar bilan hayot ular uchun “do‘zax”ga aylanganini yozgan.

Hayotimizning har bir soniyasi tahdid, qayg‘u qurshovida. Har bir soniyamizni qo‘rquvda o‘tkazamiz, do‘stlar, qarindoshlar va jamiyatdan uzoqlashganmiz, chiqish yo‘limiz va qoladigan joyimiz yo‘q. Ikki yarim yildan beri qamoqda o‘tirdik va hayot biz uchun do‘zaxga aylandi”, — deydi ular.

Qizlar Germaniyadan Afg‘onistondagi ayollar va qizlar huquqlariga jiddiy e’tibor qaratish, “Tolibon”ni tan olishdan bosh tortishni kutishlarini aytgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘on qizlari Germaniya kansleriga xat yozdi
-->