Qozog‘iston Ichki ishlar vaziri Yerjan Sadenovning ma’lum qilishicha, mamlakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining sobiq birinchi o‘rinbosari, respublika birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani Samat Abish shartli jazoga hukm qilindi.
«Hukmda hammasi ko‘rsatilgan, ya’ni u mamlakatni tark etmasligi, shu yerda, yashash joyida bo‘lishi kerak», — dedi Sadenov.
Tengrinews.kz nashrining xabar berishicha, Abish 8 yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilingan. Bunga Qozog‘istonda 2022 yil yanvar oyida yuz bergan tartibsizliklar sabab bo‘lmoqda. Ish davlat siri mavjudligi sababli yopiq eshiklar ortida o‘tkazildi.
O‘tgan yilning iyul oyida Milliy xavfsizlik qo‘mitasi uning guvoh sifatida so‘roq qilingani, biroq Abishga nisbatan jinoyat ishlari milliy xavfsizlik organlari tomonidan ro‘yxatga olinmagani va hech qanday ehtiyot chorasi ko‘rilmagani haqida xabar bergan edi. Joriy yilning yanvar oyida Bosh prokuratura Samat Abishga nisbatan ish sudga yuborilgani haqida xabar bergan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyo imperializm davri ostonasidami?
Qatar Gʻazo sulh bitimining yakuniy loyihasini HAMAS va Isroilga topshirdi
Eron yadroviy dasturini rivojlantirish uchun Rossiyaga maxfiy missiyalar yuborgan(mi?)
Matolarni yonib ketishdan himoyalaydigan qoplama ixtiro qilindi
Mark Tsukerberg Donald Tramp bilan Floridadagi villasida uchrashdi
Soʻrov natijalari: Grenlandiya aholisi AQShga qoʻshilishni yoqlaydimi?
Daniya hukumati Trampga Grenlandiya yuzasidan qanday taklif yoʻlladi?
Quyoshda ulkan “teshik” paydo boʻldi (foto)