Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov mamlakat urush holatida ekanini aytdi.
Peskovning fikricha, barchasi Putin aytganidek «maxsus harbiy amaliyot» ko‘rinishida boshlangan va go‘yoki G‘arb harbiy harakatlarga aralashganidan keyin Rossiya urush holatiga kirgan.
«Bizda to‘rtta yangi subyekt paydo bo‘ldi. Vazifamiz bu yerlardagi odamlar xavfsizligini ta’minlash va ularni amalda Kiyev rejimi bosqinidan ozod qilish.
Biz urush holatidamiz. Ha, barchasi «maxsus harbiy amaliyot» ko‘rinishida boshlandi. Ammo kollektiv G‘arb Ukraina tomonda saf tortganda, bu biz uchun urushga aylandi. Mening bunga ishonchim komil, boshqalar ham o‘zi uchun bilib qo‘ygani yaxshi», degan Peskov «Argumenti i fakti» gazetasiga bergan inrervyusida.
Ma’lumot uchun, Rossiyada Ukrainadagi urushni rasman «maxsus harbiy amaliyat» deb atashadi. Urushni urush deb ataganlik uchun rossiyaliklar javobgarlikka ham tortilishi mumkin. Kremlda ilk marta mamlakat urush holatida ekani haqida gapirishdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy TikTok’ni Ilon Maskka sotishi mumkin
Toshkent Prezident maktabi oʻquvchilari BAAda nufuzli sovrinni qoʻlga kiritdi (video)
Ukraina dronlari va raketalari Rossiyaning uch hududiga hujum qildi
AQSh Grenlandiyani sotib olish boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqdi
Jo Bayden yakuniy nutqida nimalar dedi?
Slovakiya bosh vaziri Zelenskiyni gaz tranziti boʻyicha muzokaralarga taklif qildi