Foto: “TASS”
Ukraina armiyasi 23 martdagi janglarda Avdeyevka hududida 350 ga yaqin askarini yo‘qotgan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotiga asoslanib, “TASS” nashri xabar berdi.
"Avdeyevka hududida jangovar bo‘linmalar faol harakatlarni amalga oshirib, qulay pozitsiyalarga o‘rnashdi hamda Netailovo, Umanskoye, Ocheretino yaqinidagi 59-moto-o‘qchilar brigadasi, Ukraina Qurolli kuchlarining 23 va 53-mexanizatsiyalashgan brigadalari qo‘shinlari va texnikasiga zarba berdi. Ukraina qurolli kuchlarining 350 nafargacha askari, ikkita zirhli jangovar mashinasi va beshta avtomashinasi yo‘q qilindi", — deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi xabarida.
Rossiya kuchlari, shuningdek, Donetsk hududidagi Novgorodskoye, Semyonovka, Orlovka, Tonenkoye va Berdichi yaqinida Ukraina qurolli kuchlarining 25-havo hujumi brigadasi, uchinchi hujum brigadasi, 24 va 75-mexanizatsiyalashgan brigadalarining 12 ta qarshi hujumini qaytarganini da’vo qilgan.
Manbada aytilishicha, 23 mart davomida Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari 171 ta dronni yo‘q qilgan, 29 ta raketani urib tushirgan. 29 ta HIMARS va Vampire raketalarini zararsizlantirilgan.
Ukraina tomoni Rossiya bayonotiga munosabat bildirmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyadagi aeroportda oʻzbekistonlik erkak pichoq bilan odamlarga hujum qildi (video)
Daniya razvedkasi: AQShning Grenlandiyani sotib olish tahdidiga Rossiya sababchi
Yaponiyada kuchli zilzila sodir boʻldi
Xitoy TikTok’ni Ilon Maskka sotishi mumkin
Toshkent Prezident maktabi oʻquvchilari BAAda nufuzli sovrinni qoʻlga kiritdi (video)
Ukraina dronlari va raketalari Rossiyaning uch hududiga hujum qildi