
24 martga oʻtar kechasi Ukraina qurolli kuchlari anneksiya qilingan Sevastopolga yopirilma hujum qildi.
Shaharning Rossiya tomonidan tayinlangan gubernatori Mixail Razvojaev zarbani «soʻnggi vaqtlardagi eng keng koʻlamlisi» deb atagan. Uning ma'lumotiga koʻra, raketa parchalari turar joy binosiga tushishi oqibatida 65 yoshli kishi halok boʻlgan, yana toʻrt kishi jarohatlangan.
Shahar boʻylab qancha raketa uchirilgani ma'lum emas. Razvojaevning versiyasiga koʻra, havo hujumidan mudofaa kuchlari «10 dan ortiq raketani toʻxtatgan». Telegram-kanallarda 30 tagacha raketa uchirilgani haqida aytilgan.
Ukraina tomoniga koʻra «Yamal» va «Azov» yirik desant kemalari aniq nishonga olingan, shuningdek Rossiya Qora dengiz floti aloqa markaziga zarba berilgan.
Ukraina qurolli kuchlari Havo kuchlari qoʻmondoni Mikola Oleshchuk uchuvchilar va dengizchilarga «muvaffaqiyatli jangovar ish» uchun minnatdorchilik bildirib post qoʻygan, shuningdek shunday yozgan: «Qrim — bizniki!».
RF mudofaa vazirligi kemalar shikastlangani yuzasidan izoh bermagan.
Ukraina Qurolli KuchlariSevastopol HujumiMixail RazvojaevHavo Huqumidan MudofaaYamal va AzovQora Dengiz Floti O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar